25 avg 12:37
Yangiliklar
Futbol

"Nasaf" tarkibidagi eng qimmat futbolchini bilasizmi?
Bugun Qarshining "Nasaf" klubi OFK kubogi doirasida "Ahal"ga qarshi maydonga tushadi.
Kecha Ashxabod jamoasi tarkibidagi eng qimmat o'yinchi haqida malumot bergan edik. Endi navbat "ajdarlar"ga!
Transfermarkt portali "Nasaf"ning to'liq tarkibini 7,1 mln evroga baholamoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari orasida transfer bahosi eng yuqorilari jamoa sardori Umarbek Eshmurodov hamda Abduvohid Nematov hisoblanadi (600 ming evro). 20 yoshli darvozabon jarohat tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuborishini inobatga olsak, ko'p ehtimol bilan Eshmurodov maydondagi eng qimmat futbolchi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar