So’nggi yangiliklar

18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0 12:49Мурат Гассиев WBA чемпионлик камарининг илк ҳимоясини ўтказди 0 12:22Машрабжон Рўзибоев Россияда UFC собиқ жангчиси билан тўқнаш келди 0 11:51ЖЧ-2026. Яна бир плей-оффда иштирок этган жамоа бош мураббийи ишдан олинди 0

21 mar 07:42
Yangiliklar

Tennis

Navro'z kuni tug'ilgan va ilk WTA sovrinini Toshkentda qo'lga kiritgan Karolina xonim! FOTOMAQOLA

Teglar :  TennisPlishkova
Bugun, 21 mart sanasida chexiyalik tennis malikasi Karolina Plishkovaning tug'ilgan kuni.

Karolina Plishkova - 1992 yilning 21 mart kuni CHexiyaning Louni shahrida dunyoga kelgan. Plishkova to'rt yoshidan tennis bilan shug'ullanib keladi. Professional faoliyatini 2009 yilda boshlagan. 

Faoliyati davomida 16 ta WTA turnirlarining yakkalik bahslarida chempion bo'lgan. Juftlik bahslarida esa 5 bor chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. Muvaffaqiyatli ishtiroki evaziga 19 million 997 ming 689 AQSH dollari ishlab topgan. 

"Katta Dubulg'a" musobaqalardagi eng yaxshi natijasiga 2016 yilgi US Openda erishgan. O'shanda u finalga qadar etib borgan va Anjelik Kerberga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

2017 yilning 14 avgustida WTA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilgan va olti hafta davomida etakchilik qilgan. Hozirda chexiyalik tennis malikasi WTA reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Etiborga molik jihati shundaki, chexiyalik tennischi ilk WTA sovrinini Toshkentda qo'lga kiritdi. Plishkova 2016 yilgi "Tashkent Open" turnirida bosh mukofot sohibasiga aylangandi. U bir soatu 46 daqiqa davom etgan final uchrashuvida yaponiyalik Nao Xibinoni 6:3, 2:6, 6:3 hisobida mag'lub etgan edi. 

Tennischi bo'sh vaqtlarida baliq ovini, kino ko'rishni, kitob o'qishni va musiqa eshitishni yaxshi ko'radi. 

SHuningdek, Karolinaning egizak singlisi ham bor. U ham professional tennischi. Kristina Plishkova hozirda WTA reytingida 92-o'rinda bormoqda.

Qo'shaloq bayram muborak, Karolina xonim!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing