15 iyu 16:01
Yangiliklar
Futbol

Nelson Semedu A Seriyaga yo'l olishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini Milanning "Inter" klubida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqmoqda, ammo ikki klublar ham o'yinchini sotib olish uchun katta imkoniyatga egamaslar.
Semeduning moliyaviy talablari tufayli "Yuventus" varianti deyarli bekor bo'ldi. SHu sabab futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkin. "Barselona" Semeduning transferidan 41 million evro ishlab olmoqchi.
Havola :
Fikrlar