15 fev 07:01
Yangiliklar
Tennis

New York Open. Istomin ikkinchi davrada kortga chiqdi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
New York Open musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etayotgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada amerikalik Makkenzi Makdonaldni 4:6, 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Kecha tunda Denis yana bir mezbon tennischi Reyli Opelkaga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi set taybrekda Istomin foydasiga hal bo'ldi - 7:6(10:8). Ikkinchi setda endi omad Reyliga kulib boqdi - 6:7(6:8). Afsuski, hal qiluvchi uchinchi setning birinchi geymidan so'ng bahs yakunlandi. Jarohat sabab Denis uchrashuvni davom ettira olmadi.
Taqqoslash uchun, Istomin ATP reytingida 106, Makkenzi 82, 89-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar