11 fev 09:47
Yangiliklar
New York Open. Istomin ishtirokidagi bahs ertaga o'tkaziladi
New York Open musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Izner turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Yana bir mezbon raketkasi ustasi Fransis Tiafo esa ikkinchi raqam ostida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, Denis Istomin ilk davrada amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuvning ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi bosqichda turnirning beshinchi raketkasi franciyalik Andrian Mannarino hamda amerikalik Reyli Opelka uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqa g'olibi 119 800 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Vice-chempion 64 780 dollar hamda 150 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi davrada kortga chiqqan barcha tennischilar o'z hamyonlarini 7 000 dollarga boyitib olishadi. Lekin birinchi davrdagi mag'lubiyat uchun ochko taqdim etilmaydi.
Fikrlar