10 fev 15:03
Yangiliklar

New York Open. Istominning birinchi davradagi raqibi malum!
New York Open musobaqasini hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Izner turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Yana bir mezbon raketkasi ustasi Fransis Tiafo esa ikkinchi raqam ostida harakat qiladi.
Bugun New York Open turnirining asosiy to'riga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Denis Istomin ilk davrada amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi bosqichda turnirning beshinchi raketkasi franciyalik Andrian Mannarino hamda amerikalik Reyli Opelka uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqa g'olibi 119 800 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Vice-chempion 64 780 dollar hamda 150 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi davrada kortga chiqqan barcha tennischilar o'z hamyonlarini 7 000 dollarga boyitib olishadi.
Fikrlar