13 fev 22:52
Yangiliklar
Tennis

New York Open. Nihoyat, Istomin g'alaba bilan boshladi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
New York Open musobaqasida qatnashayotgan Denis Istomin o'z ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan ilk davra bahsida amerikalik Makkenzi Makdonald ustidan irodali g'alabaga erishdi.
Bir soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis raqibini 4:6, 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etib, o'zining omadsiz seriyasiga yakun yasadi. Istomin ATP reytingida 106, Makkenzi esa 82-o'rinni egallab turibdi.
Endi mamlakatimizning birinchi raketkasi ikkinchi davrada turnirning beshinchi raketkasi franciyalik Andrian Mannarinodan ustun kelgan amerikalik Reyli Opelkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar