16 fev 10:16
Yangiliklar
Tennis

New York Open. Sem Kuerri yarim finalga chiqdi
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning 49-raketkasi Sem Kuerri chorak finalda musobaqa kashfiyotiga aylangan Jeyson Jangni mag'lubiyatga uchratdi. Sem 1 soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Xitoy Taypeyi vakilidan 6:3, 3:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
Jeyson ATP reytingida 143-o'rinni egallab turibdi. Kuerriga 23ta eys zarbasi ham g'alaba qozonishi uchun yordam berib yubordi. Bugun Sem yarim finalda italiyalik Paolo Lorenciga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar