12 noy 09:54
Yangiliklar
Tennis

Next Gen ATP Finals: Kichik Yakuniy turnirda koreyalik tennischi g'olib
Italiyaning Milan shahrida 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning eng kuchli 8 nafar tennischisi o'rtasida ilk bor tashkil etilgan yilning Yakuniy turniri - ATP – Next Gen ATP Finals bo'lib o'tdi.
Sovrin jamg'armasi 1 million 275 ming dollarni tashkil qilgan turnirda koreyalik tennischi Xyon CHon bosh mukofot sohibiga aylandi. U 1 coatu 57 daqiqa davom etgan final uchrashuvida rossiyalik Andrey Rublevni 3:4(5), 4:3(2), 4:2, 4:2 hisobida mag'lub etdi.
Qoidaga ko'ra, har bir setda tay-brek hisob 3:3 ko'rinishga kelib qolganda o'tkazildi. Uchinchi o'rin kechishi kerak bo'lgan bahs o'tkazilmadi. Xorvatiyalik Borna CHorich kortga chiqmaganligi bois g'alaba rossiyalik Daniil Medvedevga taqdim etildi.
Next Gen ATP Finals: Final
Xyon CHon (Janubiy Koreya) – Andrey Rublev (Rossiya) – 3:4(5), 4:3(2), 4:2, 4:2
Havola :
Fikrlar