16 iyu 14:05
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1366_220.jpg)
Nigina 197 daqiqa davom etgan bahsdan so'ng finalga chiqdi
Xitoyning Kyujing shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari o'z yakuniga etib boryapti.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvida zafar quchdi. Asosiy kortda kechgan va 3 soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Nigina turnirning uchinchi raketkasi koreyalik Su Jeon Jangni 7:5, 4:6, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar