16 sen 15:40
Yangiliklar
Tennis

Nigina 3 soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvdan so'ng yarim finalga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Juxay shahrida davom etayotgan tennis turnirida yarim finalga chiqdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan. Vakilamiz bugun chorak final uchrashuvida Xitoy Taypeyi tennischisi Kay-CHen CHangga qarshi kortga chiqdi.
CHang turnirning ettinchi raketkasi edi. Uch soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda Nigina raqibasini 6:7(7), 6:4, 6:7(6) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning final ostonasidagi raqibasi turnirning beshinchi raketkasi turkiyalik Ipek Soylu bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar