14 sen 13:09
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Gruziyada yarim finalga chiqdi
Gruziyaning Batumi shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Turnirda ishtirok etayogan tennischimiz Nigina Abduraimova chorak finalda rossiyalik Polina Leykinaga qarshi kortga chiqdi. Nigina 1 soatu 19 daqiqa davom etgan o'yinda 6:2, 6:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, 22 yoshli Leykina dunyo reytingida 322, 23 yoshli Nigina 284-o'rinni egallab turibdi. Endi Abduraimova final ostonasidagi uchrashuvda Viktoriya Kuzmova hamda ukrainalik Olga Yanchuk bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar