16 sen 14:07
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Gruziyadagi turnir chempioni!
Tennischimiz Nigina Abduraimova Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Sportchimiz bugun finalda rossiyalik Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 32 daqiqa davom etgan o'yinda Nigina 3:6, 6:4, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va turnir g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar