01 sen 10:55
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Guyyanda chorak finalga chiqdi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Nigina mazkur turnirda birinchi, Sabina esa ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Hozirgina Abduraimova ikkinchi davra uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Xitoylik Yukun Jangga qarshi kortga chiqqan Nigina raqibasini 1 soatu 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar