03 sen 12:01
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Guyyanda finalga chiqa olmadi
Xitoyning Guyyan shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etayotgandi. Afsuski, turnirda birinchi raqam ostida harakat qilgan Nigina yarim final bosqichida o'z yurishini to'xtatdi.
Abduraimova yarim final uchrashuvida musobaqa kashfiyotiga aylangan xitoylik Xanyu Guoga 6:3, 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar