02 sen 12:30
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova ham Guyyanda yarim finalga chiqdi
Xitoyning Guyyan shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Nigina mazkur turnirda birinchi, Sabina esa ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Hozirgina Abduraimova chorak final uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Turnirning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Anastasiya Gasanovaga qarshi kortga chiqqan Nigina raqibasini 1 soatu 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:4, 7:6(3) hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar