17 sen 11:15
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Juxayda final ostonasida to'xtatildi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Juxay shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan edi. Vakilamiz bugun yarim final uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi turkiyalik Ipek Soyluga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 20 daqiqa davom etgan uchrashuvda Abduraimova raqibasiga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar