15 iyu 10:35
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1315_220.jpg)
Nigina Abduraimova Kyujingda yarim finalga chiqdi
Xitoyning Kyujing shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan.
Hamyurtimiz
hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida zafar quchdi. Asosiy kortda kechgan
va 1 soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Nigina xitoylik Fang Ying Xunni 6:2,
6:3 hisobida taslim etdi va yarim finalga yo'llanma oldi. Ayni daqiqalarda Abduraimovaning
final ostonasidagi raqibasi aniqlanmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar