27 apr 16:25
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/11681_220.jpg)
Nigina Abduraimova Qarshi turnirida yarim finalga chiqdi
Qarshida qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Nigina Abduraimova chorak finalda rossiyalik Olesya Pervushinaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 4 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz 6:3, 3:6, 7:6 hisoblarida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi va yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endi u yarim finalda to'rtinchi raqam sifatida saralangan ukrainalik Olga Ianchukka qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar