25 apr 15:02
Yangiliklar
Tennis
Nigina Abduraimova Qarshidagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Qarshida qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir boshlandi.
Turnirning birinchi raqamli raketkasi sifatida saralangan tennischimiz Nigina Abduraimova ilk o'yinini ruminiyalik Mixaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 49 daqiqa davom etgan bahsda vakilimiz 7:6, 6:7, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. Sportchimiz navbatdagi o'yinini rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar