19 sen 16:30
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Rossiyadagi turnir yakkaligida ham g'alaba qozondi
Tennischimiz Nigina Abduraimova Sankt-Peterburgda bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Vakilimiz ilk bosqichda mezbonlar sportchisi Polina Leykinaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 30 daqiqa davom etgan o'yinda Nigina raqibini 6:1, 2:6, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar