28 iyu 10:00
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova "Uimbldon"dagi ikkinchi o'yinini germaniyalik raqibga qarshi o'tkazadi
Kecha tennischimiz Nigina Abduraimova "Uimbldon" saralash bosqichidagi ilk o'yinini o'tkazgandi.
U turnirdagi ilk o'yinida mezbon tennischi Keti Svanni mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi vakilimiz saralashning uchinchi bosqichiga chiqish uchun germaniyalik Antoniya Lottnerga qarshi kortga chiqadi.
Aslida ushbu bahs bugun o'tkazilishi lozim edi. Biroq, Londondagi yomg'irlar sabab, o'yinlar muddati o'zgarmoqda.
Malumot uchun, Lottner ayni paytda dunyo reytingida 147-o'rinni egallab turibdi. Nigina esa reytingning 225-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar