29 iyu 16:11
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova "Uimbldon"dagi yurishini to'xtatdi
Tennischimiz Nigina Abduraimova "Uimbldon" saralash bosqichida ikkinchi o'yinini o'tkazdi.
Dastlabki o'yinida g'alaba qozongan sportchimiz bugun germaniyalik Antoniya Lottnerga qarshi kortga chiqdi.
58 daqiqa davom etgan o'yinda vakilamiz dunyoning 147-raqamli tennischisiga 2:6, 1:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar