27 iyu 16:57
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova "Uimbldon"ni g'alaba bilan boshladi
Londonda tennis bo'yicha "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri saralash bosqichi start oldi.
Qizlar o'rtasidagi bahslarda tennischimiz Nigina Abduraimova ilk o'yinini britaniyalik Keti Svanga qarshi o'tkazdi.
1 soat 53 daqiqa davom etgan bahsda Nigina 6:3, 5:7, 6:0 hisoblarida g'alaba qozondi va saralashning ikkinchi bosqichiga yo'l oldi.
U saralash bosqichidagi ikkinchi o'yinini germaniyalik Antoniya Lottnerga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, qizlar o'rtasidagi bahslarda saralash bosqichidan asosiy to'rga yo'l olish uchun uchta o'yinda g'olib bo'lish talab qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar