29 iyu 13:13
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Vashingtondagi turnirda qatnashadi
Tennischimiz Nigina Abduraimova keyingi haftada Vashingtonda mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etadi.
Sportchimiz bahslarga saralash bosqichidan qo'shiladi. Saralash bosqichining ettinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Nigina Abduraimova ilk o'yinni xitoylik Czya Czin Luga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Agar Nigina ushbu o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lsa asosiy bosqichga yo'l oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar