08 iyu 10:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1037_220.jpg)
Nigina Abduraimova Yuksidagi ishtirokini to'xtatdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyning Yuksi shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 ming dollarni tashkil etib, hamyurtimiz unda ikkinchi raketka sifatida harakat qilayotgandi. Hozirgina yakuniga etgan chorak final bahsida Nigina xitoylik Janlan Veyga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bir
soatu 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda Vey kuchli raqibasini shov-shuvli tarzda 6:3,
6:4 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Nigina chorak finalga qadar xitoylik
tennischilar Tingting Peyni 6:2, 6:0, Yiksuan Lini 6:3, 7:6 hisobida mag'lub
etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar