12 sen 13:18
Yangiliklar
Tennis

Nigina Gruziyada turniridagi ilk davra o'yinini o'tkazdi
Gruziyaning Batumi shahrida sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir boshlandi.
Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan tennischimiz Nigina Abduraimova ilk davradagi o'yinini o'tkazdi. Nigina ilk bosqichda turnirning uchinchi raqamli tennischisi Polina Monovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 51 daqiqa davom etgan o'yinda Nigina 6:2, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Endi u chorak finalga chiqish uchun rossiyalik boshqa bir tennischi Yana Sizikovaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar