13 sen 13:45
Yangiliklar
Tennis

Nigina Juxayda tailandlik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Juxay shahrida start olgan tennis turnirida ishtirok etadi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Qura natijasiga ko'ra, vakilamiz ilk davrada tailandlik Kamonvan Buayamga qarshi kortga chiqadi. Nigina juftliklar bahsida ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar