22 sen 10:25
Yangiliklar
Tennis
Nigina Piter turniri juftligida finalga chiqa olmadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Neva Cup 2017 turnirida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Yakkalik bahslarini tark etgan hamyurtimiz juftlikning yarim final uchrashuvida kortga chiqdi.
Rossiyalik Anastasiya Frolova bilan juftlik hosil qilgan Nigina yarim finalda turnirning ikkinchi raqamli juftligi, rossiyalik tennischilar - Anna Blinkova va Veronika Kudermetovaga 4:6, 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi.
Malumot uchun, Nigina Abduraimova yakkalik bahslarining ikkinchi bosqichida turnirning birinchi, dunyoning 46-raketkasi xorvatiyalik Donna Vekichga 6:3, 6:7(2), 1:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar