24 sen 10:20
Yangiliklar
Tennis

Nigina qatnashgan turnirda g'olib aniqlandi, u dunyoning 312-raketkasi!
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir yakunlandi.
Hamyurtimiz Nigina Abduraimova ishtirok etgan ushbu musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida shveycariyalik Belinda Benchich ukrainalik 17 yoshli Dayana Yastremkayaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning sobiq ettinchi raketkasi, ayni paytda reytingda 312-o'rinni egallab turgan Benchich 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Suratdagi 17 yoshli Yastremskaya
Havola :
Fikrlar