14 iyu 12:45
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/146_220.jpg)
Nigina, Sarvinoz va Jamila esa yutqazdi
Farg'ona shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirning asosiy to'r ilk kungi bahslari tennischilarimiz uchun omadsiz keldi.
Hozirgina musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova kutilmaganda mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz ilk davra uchrashuvida Tereza Mixalikovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda slovakiyalik tennischi 6:4, 0:6, 6:2 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi. SHuningdek, hamyurtlarimizdan Sarvinoz Sayidxo'jaeva va Jamila Sodiqjonovalar ham raqibalariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini to'xtatishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar