06 avg 08:05
Yangiliklar
Tennis

Nigina va Sabina AQSHdagi turnirning asosiy to'rida
Bizning vaqt bilan ertaga AQSHning Landisvill shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada bir yo'la ikki tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Mamlakatimizning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari – Sabina SHaripova hamda Nigina Abduraimova Landisvill turnirining asosiy to'r bahslarida ishtirok etishadi.
SHaripova musobaqada ikkinchi, Abduraimova esa sakkizinchi raqam ostida harakat qiladi. Amerikalik Teylor Taunsend turnirning birinchi raketkasi sifatida etirof etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar