23 iyu 09:15
Yangiliklar
Tennis

Nigina va Sabinaning chorak finaldagi raqibalari qozog'istonlik tennischilar
SHu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bugun chorak final uchrashuvlari o'tkaziladi. O'yinlarning ikkitasi hamyurtlarimiz ishtirokida bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, ularning har ikkisi ham qozog'istonlik tennischilarga qarshi kortga chiqadi. Musobaqaning birinchi raketkasi bo'lgan Sabina SHaripova sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Go'zal Aynitdinova bilan to'qnash keladi.
Uchinchi raqam ostida harakat qilayotgan Nigina Abduraimova esa oltinchi raketka Kamila Kerimbaeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Bugun bu ikki tennischimiz juftlik musobaqasining yarim finalida ham kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar