04 iyu 08:25
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/878_220.jpg)
Nigina Yuksida ikkinchi raketka, uning ilk raqibi mezbon tennischi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova bugun asosiy to'r bahslari start oluvchi Xitoyning Yuksi shahridagi turnirda ishtirok etadi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu turnirning ikkinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan.
Nigina Abduraimova Yuksi turniriga dunyoning 170-raketkasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. U birinchi bosqichda xitoylik Yiksuan Liga qarshi kortga chiqadi. Birinchi raketka xitoylik Fangjou Liu esa dunyo reytingida 169-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar