07 jan 18:18
Yangiliklar
Tennis

Nik Kiros Istomin ishtirok etgan turnir g'olibi bo'ldi
Brisbenda bo'lib o'tgan ATP-250 turniri yakuniga etdi.
Musobaqaning final o'yinida dunyoning 21-raqamli tennischisi hisoblangan avstraliyalik Nik Kiros AQSH vakili Rayan Xarrisonga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 13 daqiqa davom etgan bahsda Kiros raqibini 6:4, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va turnir g'olibiga aylandi.
Ushbu g'oliblik mezbon tennischiga 250 reyting ochkosi va 83 650 AQSH dollari keltirdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar