08 apr 16:26
Yangiliklar
Tennis
Nike Osakaga ruxsat berdi
Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka o'z libosiga boshqa kompaniya logotipini qo'yishi mumkin.
Osaka ikki kun avval sport liboslari va buyumlari ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur Nike kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Naomi shu kungacha Adidas kompaniyasi bilan ishlab kelayotgandi.
Etiborga molik jihati shundaki, Nike kompaniyasi yaponiyalik tennischiga hali shu paytgacha deyarli kimga berilmagan imtiyozni taqdim etdi. Osaka o'z libosida boshqa homiylarining logotiplarini reklama qilishi mumkin. Nike bu imtiyozni birgina xitoylik Li Naga bergandi.
Havola :
Fikrlar