09 iyu 23:15
Yangiliklar
Taekvondo
Nikita Rafalovich Rim Gran-Prisining kumush medalini qo'lga kiritdi!
Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT bo'yicha Gran-Pri musobaqasining ilk kuni nihoyasiga etdi.
Bugungi kun doirasida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili - Ulug'bek Rashitov va Nikita Rafalovich bahslarda ishtirok etdi.
Biroz avval, - 68 kg vazn toifasidagi Ulug'bek Rashitovning oltin medalni qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Finalga etib kelgan Nikita Rafalovich ham yakuniy jangida dayanga ko'tarildi. Buyuk Britaniya vakili Kaden Kunningemga qarshi kechgan bahs afsuski 2:0 hisobida Evropa qitasi vakili foydasiga yakunlandi. SHu tariqa, Nikita Rim Gran-Prisining kumush medalini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Nikita Rafalovich Bokuda (Ozarbayjon) o'tgan jahon chempionatida chorak final bosqichiga qadar etib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar