15 iyu 13:34
Yangiliklar
Eshkak eshish
Nilufar Zokirovani tabriklaymiz!
Bugun kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Nilufar Zokirova tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
Zokirova Nilufar Obidjon qizi 1997 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida kanoeda eshkak eshish bo'yicha juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan kumush medalni qo'lga kiritdi.
2019 yil avgustda Vengriyaning Seged shahrida o'tgan jahon chempionatida 200 metr masofada kechgan juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan bronza medaliga ega chiqdi. Ayni shu jahon chempionatida 500 metr masofaga kechgan juftlik bahsida esa marraga beshinchi bo'lib etib keldi va Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oldi.
Fursatdan foydalanib, Nilufar Zokirovani bugungi ayyom bilan muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar