22 apr 13:42
Yangiliklar
Tennis

Nishikori "Masters" finalida o'ynaydi
Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori Monte-Karloda bo'lib o'tayotgan "Masters" musoboqasining finaliga yo'l oldi.
Yarim finalda u germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 13 daqiqa davom etgan o'yinda yaponiyalik tennischi 3:6, 6:3, 6:4 hisoblarida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u finalda dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadalga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar