15 iyu 23:31
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/192_220.jpg)
Nisikori Galledagi ishtirokini jarohat sabab to'xtatdi
Yaponiyalik tennis yulduzi Kei Nisikori Germaniyaning Galle shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi.
U ikkkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Florian Mayerga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Lekin jarohati bunga yo'l qo'ymadi.
Dunyoning oltinchi raketkasi birinchi bosqichda ham o'zini yaxshi xis qilmaganiga qaramay, Lyuk Puyni qiyinchilik bilan taslim etgandi.
Malumot uchun, Nisikori joriy mavsumda AQSHning Memfis shahrida o'tkazilgan turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Mayami va Barselonadagi “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirlarda finalga qadar etib keldi.
Havola :
Fikrlar