30 dek 19:16
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov kambek evaziga Jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi
Jahon shaxmat afsonasiga qarshi qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Nodirbek durang natija qayd etdi. Bu natija hamyurtimizni Top-4`ga olib chiqmasdi, uning baxtiga franciyalik Maksim Vashe-Lagrav rossiyalik Yan Nepomnyashiy katta ustunlikka ega bo'lsa-da yuta olmadi. Bu o'yindagi durang natija Abdusattorovni 13 ochko bilan kuchli to'rtlikka olib kirdi.

Bu 13 ochko jamg'arganlar orasida eng yaxshi natija bo'ldi. Lagrav esa 5-o'rin bilan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Reglamentga muvofiq kuchli to'rtlikdan joy olganlar endi blic bo'yicha jahon chempionlik unvoni uchun o'zaro bahs olib borishadi.
Nodirbek o'ziga xos yarim finalda hindistonlik Arjun Ergaisiga, Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona suradi. O'z juftliklarida g'alaba qozongan shaxmatchilar finalda jahon chempionligi, mag'lublar o'zaro uchrashuvda uchinchi o'rin kurashishadi.
Javohir Sindarov esa jahon chempionatidagi ishtirokini 12,5 ochko bilan 14-o'rinda yakunladi.

Fikrlar