05 okt 08:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautchi bokschimiz SHohjahon chipta oldi, u AQSHga yo'l olyapti
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan engilmas, nokautchi hamyurtimiz SHohjahon Ergashev 12 oktyabr kuni AQSHga jo'nab ketadi.
CHarm qo'lqop ustamiz ayni paytda Moskva shahrida bo'lib turibdi va qariyb bir oy davomida Rossiya Federaciyasi poytaxtida mashg'ulot o'tkazdi. Dunyoga mashhur “SHOWTIME” telekanali bilan shartnoma imzolagan bokschimiz 12 oktyabr kuni Detroyt shahriga etib boradi.
“Deytroytda uch kun bo'laman va keyin u erdan dunyo boks markazi hisoblangan Las-Vegas shahriga ko'chib o'taman”, - dedi biz bilan bo'lgan qisqa suhbatda SHohjahon Ergashev.
Eslatib o'tamiz,
SHohjahon shu kungacha professional boksda 10 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning
barchasida raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan. U o'n birinchi jangini katta
ehtimol bilan Las-Vegas shahrida o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar