23 avg 17:37
Yangiliklar
Tennis
"Nonthaburi Challenger 50". Sergey Fomin 1/16 o'yinini yakunlay olmadi
SHu kunlarda Tailandda "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazyapti.
Bugun Fomin turnirning 1/16 bosqichi doirasida braziliyalik Gabriel Dekampga qarshi kortga chiqdi. Tennischimiz birinchi setni 2/6 hisobida boy berdi. Ikkinchi setda esa 3/4 hisobida yutqazayotgan Fomin o'yinni davom ettirolmasligini bildirdi va uchrashuv Dekamp foydasiga yakunlandi.
Malumot uchun, ayni vaqtda Fomin 352, Dekamp 280-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar