10 jan 08:45
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich 2500 dollar jarimaga tortildi
Sayyoramizning ikkinchsi raketkasi Novak Jokovich ATP tomonidan 2500 AQSH dollari miqdoridagi jarimaga tortildi.
Serbiyalik tennischi Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan nufuzli turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida sportga xos bo'lmagan harakatlarini namoyish etgandi.
Jokovich to'pni jahl ustida muxlislar tomonga urib yuborgandi. To'p esa muxlislarning biriga tekkandi. Xalqaro tennis federaciyasi bu holatni beetibor qoldirmadi.
Eslatib o'tamiz, Novak Dohadagi turnir finalida dunyoning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marreyni 6:3, 5:7, 6:4 hisobida mag'lub etib, bosh mukofotni qo'lga kiritish barobarida chempionlik unvonini himoya qilgan edi.
Havola :
Fikrlar