10 mar 13:16
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich AQSHning Indian-Uells shahrida davom etayotgan turnirdagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.
Serbiyalik tennischi “Masters” seriyasiga kiruvchi ushbu musobaqaning ikkinchi davra uchrashuvida amerikalik Born Fratanjelodan ustun keldi. Novak 1 soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 128-pog'onasidan joy olgan raqibini 7/6(5), 6/2 hisobida engdi.
Endi 31 yoshli Jokovich BNP Paribas Open turnirining uchinchi davrasida germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar