10 sen 12:12
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich: "Orzuim ushaldi"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich US Open g'olibiga aylanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alaba qozonishimga ayolimning qo'llab-quvvatlashi katta yordam bergan. Yil boshida tirsagimni operaciya qildirdim. SHuningdek, Del Potro ham buni o'z boshidan o'tkazgan. Bu erda bo'lish uchun barcha ishni qildim. Raqibimni ham qayta olgani va g'alaba uchun kurashgani bilan tabriklayman. Muxlislar? Bu futbol o'yiniga o'xshardi. Ajoyib atmosfera, qo'llab-quvvatlash...
Men uchun Pit Sampras bilan tenglashib olish juda katta ahamiyatga ega. O'z vaqtida Samprasga havas qilib katta bo'lganman va uningdek o'ynashni orzu qilganman. Orzuim ushaldi", - dedi Jokovich.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar