06 okt 20:01
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/89727_220.jpg)
Novak Jokovich Tokiodagi musobaqa g'olibi
Tokio shahrida tennis bo'yicha ATP turkumidagi musobaqa nihoyasiga etdi.
Turnirning hal qiluvchi final bosqichida avstraliyalik Jon Millman jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 9 daqiqa davom etgan o'yinda Jokovich raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi va musobaqa g'olibiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyat Novakka 500 reyting ochkosi va 391 340 evro mukofot puli olib keldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar