13 iyu 08:07
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich turniriga qura tashlandi
Bugun Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir start oladi.
Adria Tour turniri Serbiya tennis yulduzi Novak Jokovich tomonidan tashkil etilmoqda. Unda sakkiz nafar ishtirokchi ikki guruhga bo'lingan holda bahslarni boshlaydi.
A guruhi: Novak Jokovich, Aleksandr Zverev, Filip Krayinovich, Viktor Troicki.
V guruhi: Dominik Tim, Grigor Dimitrov, Dushan Layovich, Damir Jumxur.
Bugun guruh bosqichining ikkita tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Ertaga esa hal qiluvchi o'yinlar hamda guruh g'oliblari o'rtasida final bahsi bo'lib o'tadi. Har bir uchrashuv uch setdan iborat bo'ladi va har bir set esa to'rt ochkoga o'ynaladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar