So’nggi yangiliklar

10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0

20 noy 07:23
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovich Yakuniy ATP turniri g'olibi + FOTOGALEREYA

Italiyaning Turin shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi Yakuniy ATP turniri o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich ATP reytingida to'rtinchi pog'onada borayotgan italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqdi. Bir yuz uch daqiqa davom etgan bahsda Jokovich o'z vatandoshlari ko'z o'ngida o'ynagan mezbon tennischiga deyarli imkoniyatni qoldirmadi - 6/3, 6/3.

Novak tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob ustunligini mustahkamladi - 4:1. Jokovich 13, Sinner 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Serbiyalik tennischi umuman qo'shxatoga yo'l qo'ymadi, italiyalikda bu ko'rsatkichni bittani tashkil etdi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik chempionda - 3 ga 0. 

Etiborlisi, guruh bosqichida ham bu ikki tennischi o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Sinner g'alaba qozongandi. Jokovich Yakuniy ATP turnirining etti karra (2008, 2010, 2011, 2014, 2015, 2022, 2023) chempioniga aylandi. Bu borada u afsonaviy Rojer Federerdan o'zib ketdi va mutlaq rekordchiga aylandi. 

Turindagi muvaffaqiyatli ishtirok Novak Jokovichga 1300 reyting ochkosi hamda 4 million 411 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Bu bilan u o'tgan yilgi chempionlik unvonini ham himoya qildi va mavsumni reytingi peshqadami sifatida yakunlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing