17 okt 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov yil oxirida Fergyuson bilan jang qilmoqchi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov yil oxirigacha UFCda chempionlik jangini o'tkazmoqchi.
"UFC219" gacha 12 hafta vaqt bor. Ayni paytda hayotimda eng qiziq palla boshlangan. Umid qilamanki, UFC menga chempionlik jangini beradi. Yil oxirigacha barchasini qaytarib olmoqchiman. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday bo'larkin. Umid qilamanki, ular Konorning Diasga qarshi jangini, mening esa Toniga qarshi to'qnashuvimni tashkil qiladilar.
Men Fergyuson bilan jang qilmoqchiman. CHunki, uni haqiqiy chempion deb hisoblayman. Barcha shu jangni ko'rishni istamoqda", - deydi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar